Bosh sahifa

proX ilovasi

O'quvchilar uchun Android ilova: ballingiz va uning tarixi, amaliyot baholari, darslar va QR orqali davomat.

Yuklab olish70,9 MBv1.1.0 · Android 7.0+

Sahifani kompyuterda ochgan bo'lsangiz: telefoningizda prox.uz/ilova ni oching va shu yerdan yuklab oling.

Versiya
1.1.0
Hajmi
70,9 MB
Android
7.0 va yangi
Chiqqan sana
8-oktabr, 2026
SHA-256
d0992fb629f1c450357b49f305b4125944c93976ad57c8b0b433960a1a9fa351
Faylni qanday tekshirish mumkin?

Yuklangan fayl buzilmaganini bilish uchun uning xeshini kompyuterda hisoblang — natija yuqoridagi qiymat bilan bir xil bo'lishi kerak.

  • Windowscertutil -hashfile proX.apk SHA256
  • macOS, Linuxshasum -a 256 proX.apk

O'rnatish

  1. Faylni yuklab oling

    Yuqoridagi tugmani bosing. Sahifa Telegram ichida ochilgan bo'lsa, ⋮ menyusidan «Brauzerda ochish» ni tanlang — fayl brauzerda ishonchliroq yuklanadi.

  2. Noma'lum manbalarga ruxsat bering

    Yuklangan proX.apk faylini oching. Android 8 va yangisida telefon ruxsat so'raydi: «Sozlamalar» ni bosing, «Ushbu manbadan ruxsat berish» (Allow from this source / Разрешить из этого источника) ni yoqing va orqaga qayting. Android 7 da: Sozlamalar → Xavfsizlik → «Noma'lum manbalar».

  3. Play Protect ogohlantirishi

    Ilova Google Play'dan olinmagani uchun Play Protect uni tanimasligi mumkin. «Batafsil» (More details / Подробнее) ni bosing va «Baribir o'rnatish» (Install anyway / Всё равно установить) ni tanlang. Faqat prox.uz dan yuklangan faylni o'rnating.

  4. Kiring

    Ilovani oching va saytdagi login va parolingiz bilan kiring.

iPhone (iOS) uchun ilova hozircha yo'q — proX'dan brauzerda, prox.uz orqali foydalaning.